
Top mutaxassisga aylanib, sotuvingizni 10 barobar oshiring!

Savdo do’koni sotuvchilari, odatda, «Yo’q, men o’zim qarayman» degan javob, noxush nigoh yoki qo’pollikka duch kelishdan qo’rqib, xaridorga yaqinlashmaydilar.
Telefon orqali savdo qiladigan menejerlar esa potensial mijozga qo’ng’iroq qilib, o’z mahsulot va xizmatlarini taklif qilishdan qo’rqishadi.
Yoki doimiy mijozga qo’ng’iroq qilib, u qanday qarorga kelganini surishtirishdan ham iymanishadi.
U balki rad etsa-chi? Yoki trubkani qo’yib qo’ysa? Yoki umuman telefonni ko’tarmasa? Agar u muhim ish bilan band bo'lsa-yu mening aralashuvim uni norozi qilsa…
Bu hali xaridor bilan muloqotning boshlanishi. Oldinda yana qancha qo’rquvlar kutib turgan ekan?
Xaridor "Sizlarda hamma narsa buncha qimmat", "Negadir sifatiga shubha qilyapman", "Men buni allaqachon sinab ko'rganman, menga yoqmagan" deb aytishi mumkin. Ha, mijoz yana nimalar demaydi?!
Xaridor – nima o’ylasa, shuni gapirishi bilan xaridor.
Sotuvchining vazifasi – mijozni tushunib, uning shubha va salbiy fikrlarini yo’qqa chiqarisdan iborat.
Boshqacha qilib aytganda, sotuvda muvaffaqiyat qozonish uchun har qanday vaziyatda xaridorlarni ishontira olish kerak.

Xira bo’lib ko’rinishdan qo’rqish. «Mijoz meni xirapashsha deb o’ylamasmikan»
Mijozdan «Yo’q» javobini eshitishdan qo’rqish
Xaridor "sotib olaman" desa, mahsulot yoki xizmatni yuqori narxda taklif qilishdan qo'rqish
Qo'shimcha mahsulot va xizmatlarni taklif qilishdan qo'rqish…
Savdo meni bolalikdan qiziqtirib kelgan.
Maktabni bitirganimdan so’ng sotuvni jiddiy o’rgana boshladim.
Qatnashgan kurslarim:
1. Saidmurod Davlatov –2019
2. Nodirbek Kuzdekov - 2019 yil
3. Ibrohim Gulyamov – 2019 yil
4. “Yoshlar” biznesi – 2020
5. “Alfa education” – 2020 yil
6. Yekaterina Ukolova - 2021 yil
7. Mixail Dashkiev - 2021 yil
8. Alisher Isaev - 2021 yil
9. Alisher Rustamov - 2021 yil
10. Xasan Mamasaidov - 2021 yil
11. “Alfa education” – 2022 yil
12. Anastasiya Belochkina - 2022 yil
13. Mixail Dashkiev - 2022 yil
14. Yusuf Karada - 2022 yil
15. Islombek Ibragimov - 2022 yil
16. Ibrohim Gulyamov – 2022 yil

Men o'z tajribam bilan o'rtoqlashdim va bo'limda savdo konvertatsiyasi o'sishni boshladi.
Bo'limni boshqarayotganda xodimlarim uchun savdo treninglari o'tkazishni boshladim.
Biznes egalari va tadbirkorlar o’zgarishga tayyor, o’sishni istaydigan, ko’zlari yonib turadigan xodimni izlashadi!
3 yil ichida biz savdoning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan 400+ xodimlarni: qurilish kompaniyalaridan tortib uyali aloqa operatorlarigacha, turoperatorlardan tortib BFQ sotuvchilarigacha o’qitishga erishdik.
«Sotuv Universiteti» kurslari savdo bo'yicha mutaxassislarning uchta toifasi uchun maxsus ishlab chiqilgan:
1-kurs: «Noldan sotuv» kursi – boshlovchilar uchun
2-kurs: «Samarali sotuv» kursi – sotuvini bir necha barobar oshirmoqchi bo’lganlar uchun
2-kurs: «Sotuv boshqaruvi» kursi – savdo bo’limi rahbarlari uchun

Darslar soni – 4
Grafigi – haftada 2 marta
Darslar davomiyligi – 2-4 soat
Qatnashchilar soni – 70 tagacha odam
Savdo chempionlarining maxfiy usullarini o'rganish va sotuv bo’limi rahbari bo'lish
Savdolaringiz uchun skriptlar yozish va ulardan foydalanishni mashq qilish
Harakat uchun energiyaning katta zaryadini olish va natijalarni yangi darajaga chiqarish
Asosiy to'siqlar qayerda ekanligini bilib olib, ularni qanday aylanib o'tishni o'rganish
Hamfikrlardan yordam olish va foydali aloqalar o'rnatish
O‘rta maktabni tugatgach, savdo xodimi bo‘ldim, lekin bu borada yetarli bilimga ega bo‘lmaganim uchun natijalarim o’xshamadi va bu kasbni noldan o‘rganishga qaror qildim. Men “Noldan sotish” kursi haqida bilib qoldim va Feruza Xo’jageldieva kursiga qatnashdim. Bu sohada men Feruzadan ko'p narsalarni o'rgandim va "Samarali sotuv" kursi tufayli ajoyib natijalarga erishdim. Men kompaniyaga ko'proq daromad keltira boshladim va maoshim deyarli 3 barobar oshdi va bu hali chegara emas, men buni bilaman va har qachongidan ham o'zimga ishonaman. Rahmat!!!
Feruza Khujageldiyevaga «Savdo universiteti»dagi darslari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. 14 kun ichida men o'zimda katta o'zgarishlarni his qildim. Bu qo'rquvmi yoki tortinchoqlikmi, bilmadim. Lekin Feruzaning «Nimadan qo'rqyapsiz? Sizga maslahatim shuki, har kuni o'z ustingizda tinmay mehnat qiling, rivojlaning, maqsadingizga yanada ko'proq erishing. Siz buni qila olmaysiz, deganlarga quloq solmang va ularga biror narsani isbotlashga urinmang. Buni o'zingiz uchun qiling. Siz buni chin yurakdan bilasiz» degan gaplaridan keyin o'z fikrim, maqsadimni osongina aytishni o'rgandim, o'zimga ishonchim ortdi. Feruza, hammasi uchun katta rahmat, hayotim tubdan o'zgardi va ishimda ajoyib yutuqlarga erisha boshladim, sotuvlar bir necha barobar oshdi!!
Men savdo bo'limiga mas'ulman, biz ko'chmas mulk savdosi bilan shug'ullanamiz. Uzoq vaqt davomida men ishimni yaxshi bajaryapman deb o'yladim, lekin yangi darajaga chiqa olmadim va sotuvlarni bir necha barobar oshirolmadim. Men savdo menejmenti bo‘yicha ko‘plab kurslarda qatnashdim, ammo yangi narsa olmadim hisob. «Savdo universiteti»dagi “Sotuv boshqaruvi” kursi haqida bilib, amaliyotda qo‘llay boshlagach, juda ko‘p tushunchalar, qimmatli va eng muhim maslahatlarni oldim. Xayollarim o‘zgardi, savdoga boshqacha qaray boshladim, jamoani yangicha boshqarishni boshladim va sotuvlarimiz ko‘p marta oshdi va xodimlar juda kuchli motivatsiya oldilar. Bunday kuchli kursga chuqur hurmatimni bildiraman!
Siz savdoda ishlay olmaysiz, agar:
Sizda hazil hissi bo’lmasa
Yangi narsalarni o’rganishga qiziqmasangiz
O’zingizga yuqori baho bersangiz, e’tibor yetishmasligi va rad javobidan qo’rqsangiz
O’zingizga past baho bersangiz, rad javoblari Sizga qattiq ta’sir qilsa
Siz buyruqlarni bajarishga o’rganib qolgan ijrochi odamsiz – sotuvda tavakkal va mas’uliyatni bo’yningizga olishdan qo’rqasiz
O’ta hissiyotlisiz, ziddiyatli vaziyatlarda o’zingizni tutib tura olmaysiz
Siz – yorqin introvertsiz (bu, siz ko'p muloqot qilishdan tezda charchaysiz, degani)
Siz o’zingizni hozirgi mavqeingizdan to’la qoniqish his qilasiz: kar’yera qilishga intilmaysiz. Sizga shu martaba va holatingiz ma’qul.
Sotuv jarayonini har tomonlama o’rganish
Savdoning har bir bosqichiga xos xususiyatlarni o’rganish
Bir yildan oshiq daromad keltiradigan faol savdo texnikasini o’zlashtirish
Bu sohada o’zining kuchli va zaif tomonlarini bilib olish
Kelajakda o’sish va yaxshi natijalarga erishish uchun tayyorgarlik
Sotuv kurslarimiz nimalardan tarkib topadi?
Uchta sotuv kursi dasturlari mazmun va shakli bilan bir-biridan farqlanadi.
Ammo ular orqali Siz quyidagi savollarga javob olasiz:

Sotuvning qanday turlari mavjud? Ular qanday xususiyatlarga ega?
Tovar va xizmatlar bozori haqida nimalarni bilishingiz kerak?
Raqobatchilar haqida qanday ma'lumotlarga ega bo’lishingiz kerak?
Nima uchun bizga mijozlar bazasi kerak va u bilan qanday ishlanadi
Qanday qilib yangi mijozlarni topish va jalb qilish mumkin?
Faol sotuvning qanday samarali texnologiyalari mavjud?
Mijoz bilan muzokara olib borish: script tuzishdan tortib suhbatni tugatishgacha.
Faol savdo bilan ishlashda qanday qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin?
Savdo menejeri qanday fazilatlarga ega bo'lishi kerak?
Agar Siz yangi bo’lsangiz, qo’rquvlaringizning barchasi ketib, o’zingizga nisbatan ishonch paydo bo’ldi, sotuvlaringizni maksimal darajada tezlik bilan oshirib, qisqa vaqt ichida ajoyib kar’yeraga ega bo’ldingiz.
Agar Siz tajribali menejer bo’lsangiz, kursimiz davomida ega bo’lgan va faol sotuvga olib boradigan yangi uslublarimiz bitimlar borasida kuchli o’sishga olib kelgan.
Agar biror jamoani boshqarayotgan bo’lsangiz, u muammosiz va samarali ishlay boshladi, har bir menejeringiz sotuvning barcha bosqichlarida tasdiqlangan ko'nikmalarga ega bo’lishdi, mijozlar bilan mukammal muomala va muloqot qobiliyatlariga ega bo’lishdi…
Erishilgan barcha natijalar esa, olingan ko’nikmalar tufayli uzoq muddatli bo’ldi…
Jamoangiz sotuv hajmini eng og’ir damlarda ham oshirish qudratiga ega bo’ldi!
Sotuvda erishgan ulkan muvaffaqiyatingiz hayotning barcha sohalariga sifat jihatidan yuqori ta'sir ko'rsatdi. Hayotingiz yanada qiziqarli, imkoniyatlaringiz esa cheksiz bo'ldi…
Ammo muvaffaqiyat – maqsad sari qadamba-qadam borish hamda olgan bilimlarining qadriga yetadiganlarga nasib etadi.
Xaridor shubhalarini yo’qqa chiqarib, hatto eng qimmat sotuvni ham muvaffaqiyatli yakunlash
Har-xil mijozlar bilan ishlash, ularni sotuvga yo’naltirish yo’llari
Samarali sotuv menejeri bo'lish uchun ko'nikmalarni rivojlantirish
Jamoani aql bilan, samarali boshqarish
Haqiqatan ham ishlaydigan savdo texnikasi, shundan so'ng siz har qanday mijozni qo’lga
kiritishingiz mumkin
Sotuv kursi sertifikati
Foydali o'quv materiallari
Har qanday biznesni rivojlantirish va sotuv guruhingizni yaratish imkoniyati
1. KASB AFZALLIKLARI
2. SOTUV EKSPERTI
3. FIKRLASH
4. SOTUV STRATEGIYASI
5. MARKETING
6. KONSULTATSIYA
Narxi: 800 000 so’m / 500 000 so’m
«SAMARALI SOTUV» KURSI O’QUV DASTURI
6 modulli:
1. SOTUV ASOSI
2. MAHSULOT YOKI XIZMAT PREZENTATSIYASI
3. SAMARALI SOTUV
4. MIJOZ TIPOLOGIYASI
5. ZAMONAVIY SOTUV
6. E’TIROZ
Narxi: 1 200 000 so’m / 800 000 so’m
“SOTUVDA BOSHQARUV” KURSINING O‘QUV REJASI
6 modulli:
1. “SOTUVNI 10 KARRA OSHIRISH”
2. “EXPERT”
3. “MAQSAD”
4. “SHAXSIY RIVOJ EFFEKTI”
5. “MOTIVATSIYA”
6. ‘’KONFLIKT”
Narxi: 2 400 000 so’m /1 000 000 so’m
«SOTUV BOSHQARUVI» KURSI O’QUV DASTURI ?
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.